Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2026
Chop etish
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniy” kengashi hamkorligida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – Nuroniylarni va keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada samaralilashtirish, jamoada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda yosh avlodni xalqimizning asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Seminar universitetning ARM majlislar zalida o‘tkazildi. Unda universitet faxriylari, Jizzax shahri mahallalaridan faxriy va mahalla faollari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori maslahatchisi G‘ayrat Qodirov ochib, mahalla bilan hamkorlik va nuroniylarni e’zozlash, yoshlar uchun ulgӣ-o‘rnak ahamiyati haqida so‘zladi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning murojaatnomasida nuroniylarni ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish va mahalla bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, Jizzax DPU “Nuroniy” kengashining 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar dasturi va istiqbol rejalari, Nuroniylarning sog‘lig‘ini saqlash va ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, Kiber jinoyatchilik va uning ko‘rinishlari, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tizimini universitetda amalga oshirish mexanizmlari va kasbiy masalalar kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tadbirda ma’ruzalar tinglanib, fikr almashinuvi olib borildi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


Ulashish:
88
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniy” kengashi hamkorligida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida...
Filologiya fakultetida Navoiy, Bobur va Pasternak sharafiga she’riyat va musiqa kechasi tashkil etildi.
Filologiya fakultetida «Debyut» to‘garagi a’zolari ishtirokida adabiy she’riyat kechasi tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xorijiy talabalarni jalb etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Mazkur muzokarada Nepal davlatida faoliyat yurituvchi «Yatri Educational Consultancy» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi doktor Gayatri Prasad Sharma (Ashis) ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida xorijiy abituriyentlarni saralash...