Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyi bugun mumtoz musiqasining haqiqiy shaydolarini bir davraga jam qildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Badiiy kecha Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatri bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi. U o‘z nutqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining beqiyos ahamiyati, uning asarlari zamonlar osha barhayot ekanini ta’kidlab, Navoiy merosi yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini alohida qayd etdi.


Kuni kecha respublika ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etgan bir qator fidoyi tashabbuskorlar e’tirof etildi. Ular orasida JDPU xotin-qizlar maslahat kengashi Z.Kasimova ham «Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi» nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlandi. Buguni tadbir taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, universitet xotin-qizlar kengashi raisi Zumrad Kasimovani ushbu yutuq bilan tabriklab esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.




Shundan so‘ng ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy badiiy kecha boshlandi. Kechada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatrining taniqli xonandalari va san’atkorlari, shuningdek, JDPU qoshida tashkil etilgan talabalar maqom ansambli ishtirok etdi.






Badiiy dastur davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, maqom ohanglari hamda sahnaviy ko‘rinishlar yuksak mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarga chuqur ma’naviy zavq ulashdi.











Mazkur “Nazm va navo kechasi” Navoiy merosini targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
