Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/02/2026
Chop etish
Zamonaviy pedagogik kompetensiyalar va sifatli ta’lim masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quv seminarlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekiston professor-o‘qituvchisining pedagogik faoliyatidagi dolzarb masalalar” mavzusida tashkil etildi. Seminarda sifatli ta’lim modeli, pedagogik kompetentlik, o‘qituvchining kasbiy mahorati, innovatsion o‘qitish texnologiyalari, 21-asr ko‘nikmalari hamda Uchinchi Renessans g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu o‘quv seminarda Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori, Turon fanlar akademiyasi akademigi Tolipova Jamila Olimjonovna ekspert sifatida ishtirok etdi. Ekspert tomonidan o‘qituvchining shaxsiy namunasi, kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kompetensiyaviy yondashuv, zamonaviy baholash tizimlari hamda talabani tadqiqotga yo‘naltirishning amaliy jihatlari yuzasidan muhim nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar ishtirokchilari pedagog kadrlarning ijodiy va ilmiy faolligini oshirish, innovatsion va integrativ yondashuvlarni qo‘llash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida zamon talablariga mos ish uslublarini joriy etish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘ldilar.

Mazkur o‘quv seminarlari pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
2 361
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...