2025/2026 o‘quv yili bakalavriat “Maktabgacha ta’lim” (kechki ta’lim) yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi 2026-yil 27-yanvar kuni o‘tkazildi.
Attestatsiya jarayoni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan attestatsiya jadvaliga muvofiq tashkil etildi.





Yakuniy davlat attestatsiyasida jami 38 nafar bitiruvchi talaba ishtirok etdi. Baholash jarayoni 7 nafar a’zodan iborat, jumladan komissiya raisi va malakali mutaxassislar tarkibidagi attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.




Attestatsiya belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazildi. Jarayon davomida bitiruvchi talabalarning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va pedagogik malakalari har tomonlama baholandi.







Mazkur attestatsiya natijalari bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
