Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2025
Chop etish
“7 aprel-Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan yugurish marafoni o‘tkazildi.

Jizzax shahridagi O‘rda bog‘ida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi hamda “7-aprel-Butun jahon salomatlik kuni” munosabati bilan tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan, ta’lim olayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (yigitlar va qizlar) o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi. Yugurish marafonida viloyatdagi tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan, ta’lim olayotgan 800 nafarga yaqin yoshlar (yigitlar va qizlar) ishtirok etishdi. Yugurish marafoni so‘ngida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Jizzax viloyat Kengashining raisi o‘rinbosari Ixtiyorov A’zam Rashidovich so‘zga chiqib, marafon ishtirokchilariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Yugurish marafoni natijalariga ko‘ra qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni Xayrullayeva Feruza Lutfulla qizi (JDPU), 2-o‘rinni Jo‘rayeva Dildora Ubaydulla qizi (JDPU), 3-o‘rinni Omonova Sabrina Shamsi qizi (JDPU) qo‘lga kiritdi. Yigitlar o‘rtasida Aktamov Uchqun Akbar o‘g‘liga 1-o‘rin, Haqberdiyev Xusan Abduqodir o‘g‘liga 2-o‘rin nasib etdi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
739
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.