Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/11/2023
Chop etish
11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan  JDPUda Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, ruhida tarbiyalash maqsadida 11 noyabr Kasaba uyushmalari kuni arafasida Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakultetida  mehnat qilayotgan faxriylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Yoshi ulug‘ faxriylardan shu dargohda  ko‘p yillardan kelayotgan ayni paytda   Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri professor Hamidulla Meliyev hamda G.Qo‘shoqovalarning hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirishdi. Shu dargohning sobiq bitiruvchisi Shahrizoda Mahkamboyevaning talaba yoshlarga bildirgan iliq fikrlari, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad sari dadil intilayotgan yoshlar uchun motivatsiya bersa ne ajab.

 

Tadbirda bayram munosabati bilan universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kecha   qahramonlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xushovoz xonandalar tomonidan kuylangan do‘stlikni, shukronalikni tarannum etuvchi taronalar barchaga birdek manzur bo‘ldi.


Ulashish:
915
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.