Joriy yil 16-17 iyul kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari forumi tashkil etildi. Ushbu forumda JDPU rektori ham ishtirok etmoqda. Forumda “Ta’limni boshqarish sifatini oshirish”, “Tibbiy ta’lim sohadagi yangi texnologiyalar”, “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt: oliy ta’limni ishlab chiqarish transformatsiyasi” mavzularidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolandi. Ana shunday o‘zaro hamkorlik shartnomalaridan biriJizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov hamda Qirg‘iziston davlatining B.Sidikov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti rektori A.A.Mamasidikov o‘rtasida imzolandi.