Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Yangi O‘zbekistonda prezidentlik va parlamentarizm Konsepsiyasi va rivojlanish strategiyasi

Kamoliddin Yusupov Jizzax Davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Davlat va jamiyat hayotini demokratlashtirish va modernizatsiya qilish  uzluksiz davom etadigan va doimiy takomillashib boruvchi jarayondir. Yangilanayogan O‘zbekistonda davlat boshqaruvining samarali mexanizmini joriy etish va xokimiyat vakolatlarini taqsimlash, manfaatli va maqbul boshqaruv va shart sharoitga asoslangan optimal boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha  bir qator muammolarga duch kelinmoqda.  Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida ham bu borada fikrimizga yaqqol isbot bo‘la oladi.[1] Ma’lumki, davlat va jamiyat hayotini demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha mamlakatimiz hayotida salmoqli ishlar bilan bir qatorda prezident farmonlari asosida Konsepsiyalar qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz hayotida davlat boshqaruvini optimallashtirish, xokimiyatlar tizimida muvozanat saqlab turish tizimini qaror toptirish, davlat va jamiyat hayotida parlamentning o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan Prezidentlar tashabbusi asosida yuzaga kelgan Konsepsiyalarning o‘rni va ahamiyati biqiyos. Mamlakatimiz ijtimoiy siyosiy hayotida  parlamentarizm konsesiyasiga 2010 yilda asos solingan bo‘lib, mazkur jarayon 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekisitonni rivojalantirish strategiyasi hamda  2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning  taraqqiyot strategiyasining mantiqiy davomidir.[2] Shu o‘rinda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga olgan Konsesiya va xarakatlar strategiyasida parlamentning kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari, qonun ijodkorlik va huquqni qo‘llash amaliyotiga doir chora tadbirlari ishlab chiqiladi. Tahlilllar shuni ko‘rsatmoqdagi mamlakatimizda 2005 yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan ikki palatali parlamentimiz faoliyatida qabul qilingan konsepsiyalar natijasida parlamentning ta’sirchan nazorat mexanizmlari yildan yilga kuchayib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa mazkur jarayon davlat boshqaruvi xokimiyat organlari mansabdor shaxslarini (vazirlar va qo‘mitalar rislari) lavozimga tayinlanishida, parlament palatarining  vazirlar va qo‘mitalar nomiga yuborayotgan so‘rovlariga, parlament  qo‘mia va komissiyalarning yangicha ish uslublari va h.k. Qonunlarni qabul qilish parlament palatalarining muhim vakolati bo‘lsa, qonunlar ijrosi ustidan nazorat esa uning ikkinchi tomoni hisoblanadi. Shu bois Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida jamiyatni siyosiy- huquqiy va ijtimoiy – iqtisodiy  modernizatsiya qilish, ma’naviy jihatdan tiklash va yuksaltirish, mavjud qonunlarni, davlat boshqaruvi, iqtisodiy tizimni qayta ko‘rib chiqish, bu borada ta’sirchan va samarali mexanizmlarni yaratish, demokratik tamoyil va me’yorlarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan. Albatta ravshanki, mazkur vazifalarni amalga oshirish parlament deputat va senatorlarning ishtirokisiz bo‘lmaydi.  “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlab chiqilgan  hamda o‘zida 100 ta maqsadni mujassam etgan Taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishida parlament palatalari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Taraqqiyot strategiyasining 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 maqsadlar bevosita parlamentning nazorat faoliyatigi daxldor bo‘lib, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish orqali xalqparvar davlat barpo etishni nazarda tutadi.[3] Bunda mahalliy Kengashlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini yaratish, ularning vakolatlarini kengaytirish va aniq belgilash, islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari  va siyosiy partiyalaring rolini oshirish, norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik xujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash orqali ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsad qilib belgilandi.[4] Parlament fuqarolik jamiyati  institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoev “Shu bilan birga, hayotning o‘zi bizdan ushbu yo‘nalishda ham prfessional, tezkor va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirish, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochib berishni talab etmoqda. Chindan ham huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, ijro mexanizlariga ega bo‘lmagan, ta’bir joiz bo‘lsa, “o‘lik” qonunlar kimga kerak” – deb ta’kidlaydi .[5] Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda har bir qonun nafaqat parlament  fraksiya, qo‘mita va komissiyalar muhokamasiga balki umumhalq muhokamasiga xususan regulation.uz, mening fikrim. uz portali va boshqa saytlarga joylashtirilish amaliyoti natijasida birinchi navbatda halq manfaatlari hamma narsadan ustun degan g‘oyaning amaliy tasdig‘i sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shu maqsadda har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni  quyidan- fuqarolardan, joylardagi Halq deputatlari kengashlaridan olish taribini parlament faoliyatiga keng joriy etish zarur. Qonunlarni qabul qilish jarayonida ularni aholi o‘rtasida har tomonlama muhokama qilish tizimidan samarali foydalanish jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Buning uchun Oliy Majlis Qonunlar muhokamasiga keng halq ommasini jalb qilishi, buning uchun zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etishi, jumladan, Internet tarmog‘ida maxsus “maydon”lar yaratishgi maqsadga muvofiqdir. Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini parlamentning istiqbolli reja va dasturlarini ishlab chiqadigan, bu jabhadagi turli takliflarni tahlil qiladigan va zarur tavsiyalar beradigan ilmiy markazga aylantirish lozim. Oliy Majlis Qonun ijodkorligi bo‘yicha muayyan davrga mo‘ljallangan milliy faoliyat dasturini qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Uni ishlab chiqish jarayonida mamlakatimizning keyingi rivojlanish bosqichida qaysi qonun yoki qandydir xujjatlarga ehtiyoj ko‘proqligini aniqlash va parlamentimiz o‘z faoliyatini ana shularni e’tiborga olgan holda rejalashtirishi lozim. Kuchli parament va halq vakillik organlari – Yangi O‘zbekistonning tayanchidir[6]. Davlat hokimiyati organlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rolini yanada oshirish bilan bir qatorda, uning tarkibiy bo‘linmalari – palatalar, qo‘mitalar, kommissiyalar va kengashlar funksiyalarini maqbullashtirish va ma’suliyatini kuchaytirish zarur. Parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgan siyosiy partiya yoki ularning birlashmalari tomonidan parlamentning rahbar organlari va hukumat tarkibini shakllantirsh amaliyotiga to‘liq o‘tish vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Bu o‘z navbatida ko‘ppartiyaviyliki mustahkamlash, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarining rolini oshirish, hokimiyatning vakillik organlari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.. Pralmentarizmni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish , xalq xokimiyatini yanada kuchaytirish maqsadida parlament saylovlarida g‘alaba qozongan partiya nafaqat Bosh vazir nomzodini, balki parlment quyi palatasi Spikeri nomzodini, Hukumat tarkibini taklif etishi, hokimiyat organlarning hisobdorligini  va ochiqligini ta’minlash maqsadida jamoat va parlament nazorati to‘g‘risidagi qonunlarni zamon talablaridan kelib chiqib,  yanada takomillashtirishi lozim. Parlamentimizning qonunijodkorlik borasidagi faoliyat sifatini tubdan oshirish masadida esa qonunchilik bazasini tizimlashtirish, qonunosti xujjatlarini  sonini keskin qisqatirish, qonun ijorkorligi sohasida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarni qo‘llash zarur.  Yana biro muhim jihat normativ-huquqiy xujjatlarni  qabul qilish jarayonida keng jamoatchilikning ishtirokini  ta’minlash hamda jamoat tashkilotlarining bu boradagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojalantirish, mahalliy byudjetni shakllantirish  hamda nazorat qilish bo‘yicha “Elektron parlament” va Elektron Halq Kengashi deputatlari” kabi konsepsiyalarni hayotga joriy qilish vaqti keldi deb hisoblaymiz.   Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.  
  1. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqrlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. T:, «O‘zbekiston”, 2010 y, 17-b, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. PF4947, 2017 y,  7 fevral.; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 28.01.2022 y, PF-60 son.
  2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mateiallari. Ijtimoiy manaviy tadqiqotlar instituti. Toshkent 2022 y, 3 iyun.
  3. O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. PF-60, 28 yanvar, 2022.www.Prezidtnt.uz
Sh. [1] Изоҳ: Ўзбекистон Республикаси президенти Ш. Мирзиёев томонидан илк бор Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси 2017 йил 23 декабрда  бўлиб ўтган. [2]Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқрлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш Концепцияси. Т:, «Ўзбекистон”, 2010 й,  17-б;, Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. ПФ4947, 2017 й,  7 февраль.; Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони 28.01.2022 й, ПФ-60 сон. Батафсил маълумот www. Lex.uz. [3] Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва тарғиботнинг замонавий технологиялари мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси матеиаллари. Ижтимоий манавий тадқиқотлар институти. Тошкент 2022 й, 3 июнь. [4] Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисидаги Фармони. ПФ-60, 28 январь, 2022.www.Prezidtnt.uz [5]Ш. Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т:, “Ўзбекистон” 2021 й, 87-б. [6] Ш. Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т:, “Ўзбекистон” 2021 й, 88-б.