Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xorijiy ta’lim muassalaridan o‘qishini respublika oliygohlariga ko‘chirishni istagan talabalar  va ularning ota-onalari diqqatiga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-son qaroriga muvofiq: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi           2/10-54-sonli xatida quyidagilarni e’tiborga olgan holda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha xujjatlarni qabul qilish jarayonini tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan. xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi; test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanishi; talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.  Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida:  2021/2022 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilandi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari uchun 66,1 ball); muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazildi va test sinovi natijalarining qaydnomalari oliy ta’lim muassasalariga taqdim etildi.
  1. Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan qaydnomalardagi fuqarolarni oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qat’iy amal qilingan holda, taqdim etilgan hujjatlar sinchiklab tekshirilgandan so‘ng bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish ballarini hamda quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshirilishini ta’minlashingiz so‘raladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarning o‘qishini ko‘chirilishiga; respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarning o‘qishini ko‘chirilishiga; oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarning o‘qishini ko‘chirilishiga; birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirilishiga; O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotganlarning o‘qishini ko‘chirilishiga; kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) a’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga talabalar o‘qishini ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan fuqarolarning o‘qitish ta’lim shaklini belgilash o‘rnatilgan tartiblarga asosan fuqarolarning arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.
  1. 2021/2022 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Davlat test markazining elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalarga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkinligi bo‘yicha bir hafta muddatda xabar berilishi hamda tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilishi so‘raladi.
  2. Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fuqarolar bilan ishlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlariga malakali, tajribali, muomala madaniyatiga ega bo‘lgan xodimlarning jalb etilishi so‘raladi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun mas’uliyat (javobgarlik) oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) zimmasiga yuklatilishini inobatga olib talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki ko‘chirib tiklash jarayonida talablarga javob bermaydigan hujjatlar aniqlangan taqdirda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq rasmiylashtirmaslik huquqiga ega ekanligi ko‘rsatib  o‘tilagan.  Jizzax davlat pedagogika instituttiha 2021-2022 o‘quv yilida Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko‘ra 238 nafar talabalarga Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha, 373 nafar talabalarga Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha test sinovlaridan 66,1 baldan yuqori to‘plagan talabalar o‘qishi ko‘chirishga ruxsat etilgan. Institut quvvati, moddiy-texnik bazasi (auditoriyalar, laboratoriyalar va h.k.), professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilish imkoniyati mavjud  bo‘lmasligi mumkin. Institut ma’muriyati sizga kunduzgi ta’lim shaklida o‘rin bo‘lmagan taqdirda sirtqi ta’lim shakliga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha taklif berishi mumkin.                                                                                                                                                                             Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi