Xorijda oʻqish dasturlari
Xorijiy ta’lim mussasalarida ta’lim olish va hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijda ta’lim olish yo‘nalishida xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan keng qamrovli hamkorlik olib bormoqda. Bugungi kunda universitet 60 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu hamkorlik professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar uchun trening va seminarlar tashkil etish hamda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shuningdek, JDPU muntazam ravishda xorijiy ekspertlarni jalb etib, pedagogik kadrlarning ilmiy va amaliy tajribasini boyitishga alohida e’tibor qaratmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilari “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Fulbright, British Council va Access dasturlari orqali xorijda ilmiy faoliyat yuritish, stajirovka hamda malaka oshirish kurslarida ishtirok etib kelmoqda.
