Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Qo‘shma ta’lim dasturlari
Universitetda O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan “HAMKORLIK DASTURI” ga asosan “Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)” ( va “Boshlang‘ich ta’lim” yo’nalishlari bo’yicha Jizzax davlat pedagogika universiteti va Belorussiya davlatining Maksim Tanka nomli Belorussiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida 3+1 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturlari yo’lga qo’yilgan.
Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti (Top-1000) va Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorlik shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan, 2025/2026-o‘quv yilida Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda JDPUda magistratura bosqichida 1+1 ko’rinishidagi “Zoologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini ochish rejalashtirilgan.