Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xalqaro hamkorlik aloqalari yana bittaga ko‘paydi.

Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika instituti o‘tgan 2020 yildan boshlab xorijiy tajribani o‘rganish masalasi bo‘yicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini o‘rgana boshladi. Xususan oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab  xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqlarni o‘rnatishga erishdi. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Rus tili va adabiyoti  fakulteti bilan tuzilgan shartnoma navbatdagi muvaffaqiyatli kelishuv desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Onlayn muloqot avvalida dastlab tomonlar tanishuvi bilan boshlandi.M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universitetining Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani Andrey Lipgerd  fakultet faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek bu hamkorlikdan juda mamnun ekanligi kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan barcha bandlar ularga ma’qul ekanligini,  bildirib o‘tdi. O‘z navbatida Jizzax jdavlat pedagogika instituti rektori professor Sh.Sharipov yurtimizda rus tiliga bo‘lgan e’tibor xususida gapirdi. Shuningdek o‘tgan 2020 yilda oliygohda Rus tili v aadabiyoti fakulteti ochilganligini bugungi kunda 800 nafardan ziyod talaba ushbu fakultetda tahsil olayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu kunning o‘zidayoq Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov va MDU rus tili va adabiyoti  fakulteti dekani A.Lipgerd o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumni imzoladilar. Ta’kidlash joiz Jizzax davlat pedagogika instituti yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Koreya Respublikasi, Turkiya va Germaniya tajribasini o‘rganish va ular bilan ham memorandumlar tuzish  ham  ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda batafsil  xabar Jizzax dalat pedagogika institutining   jdpu.uz  rasmiy saytda beriladi. Bizni kuzatishda davom eting .