Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/02/2026
Chop etish
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” adabiy-badiiy kechasi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy kecha yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Kecha dasturi Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi bilan boshlandi.

Tarix fakulteti talabalari tomonidan “Zahiriddin Muhammad Boburning avlodlarga murojaati” mavzusida tayyorlangan sahnaviy chiqish tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Belgilangan dastur asosida boshlovchi nutqi bilan kecha mazmunan boyitildi. Har bir musiqiy ijro oldidan Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qilib, she’r va kuy uyg‘unligi ta’minlandi.

Kecha davomida Boburning “Yaxshilig‘”, “Mushkildur”, “Sharobi”, “Lola”, “Guljamol” kabi g‘azallari musiqiy talqinda ijro etildi. Asarlar universitetning Musiqiy ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari, talabalari hamda talabalar maqom ansambli xonandalari tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Kechadan ko‘zlangan maqsad — buyuk ajdodimiz merosini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


Ulashish:
1 987
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda rus tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Umumta’lim va inklyuziv muhitda rus tilini o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini...
JDPUda “El-yurt umidi” jamg‘armasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati, taqdim etayotgan imkoniyatlari, tanlov jarayonlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
JDPUda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida ayollar huquqlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
“Tenglikka hurmat” shiori ostida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Muxtorova, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi vakili O‘. Jo‘rayev hamda...