Xalqaro grantlar
Jizzax davlat pedagogika universiteti xalqaro grantlar va almashinuv dasturlari orqali talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun keng qamrovli imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Har yili universitetda turli xorijiy grant loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Jumladan, AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda English Access Microscholarship (Access) granti hamda RAR “Jizzakh Alumni Community” loyihalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, JDPU va Qirol Sejong Fondi hamkorligida tashkil etilgan Qirol Sejong instituti qoshidagi koreys tili markazi til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bundan tashqari, Britaniya Kengashi va Portsmut universiteti bilan hamkorlikda “Accelerating English Language Learning in Central Asia” (AELLCA) xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda.
