Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/03/2020
Chop etish
Uyda qoling…

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Vatan ostonadan boshlanadi! Bizning xalqimiz juda vatanparvar xalqdir.

Kurash har xil bo’ladi. Barchasida xalqni va kelajak avlodni omon saqlab qolish hamda vatan ozodligini saqlab qolishdan iboratdir. Yurtimizga kimdir qurol ko’tarib bostirib kelsa, mard o’g’lonlarimiz uyda pisib o’tirmay, qolgan qurol olib vatanni mardonavor ximoya qiladi. Kerak bo’lsa, jonini beradi.  Dushmanlar ham turlisha bo’ladi. Shuning uchun uni yengish uchun kurash strategiyasini o’zgartirish kerak.

Yurtimizga COVID 19 virusi bostirib kirayapti, bu ko’rinmas dushman bilan kurashish uchun strategiyani o’zgartirib, oila a’zolariniz bilan birga uydan chiqmay biz ham ko’rinmay uni yengishimiz mumkin. Bo’yoqchi Makar filmida aytishadiku: “Kuyni, kuy bilan yengish mumkin” deb.

Har bir tirik narsaning yashash davri bo’ladi. Agar 2 hafta ko’chaga chiqmasak, 24*14=336 soat demakdir. Uning yashash davri 70 soat bo’lsa ham, bu vaqt ichida barcha virislar nobud bo’ladi. Bu balodan tezroq qutilamiz. Agar ko’chalarga chiqaversak, boshqalar bilan muloqot qilaversak, uning yashashiga va ko’payishiga zamin yaratib bergan bo’lamiz. Aziz vatandoshlarim sizlardan iltimos, barchamiz hamjihat bo’lib, biz ham ko’zga ko’rinmay kurashaylik bu balo bilan! Mutaxassislarning tavsiyalariga riyo qilaylik, qolganlardan so’raylik, o’zimiz ibrat bo’laylik va uyda qolaylik! Vatan ostonadan boshlanadi! Bugun ostona(uy)da qolib, Vatanimizni ximoya qilaylik!

Azizlar farzandlarimiz orasida kim koʻproq kitob oʻqidi va kim koʻproq sheʼr yodladi kabi tanlovlar oʻtkazsak yaxshi boʻlardi.  Balki besh tashabbus boʻyicha ham tanlovlar oʻtkazilar. Biz albatta qolganlarga Oʻrnak boʻlishimiz kerak.

JDPI katta o’qituvchisi G.Xudoyberdiyev.


Ulashish:
1 073
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Unda volontyorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, universitet hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarish qilish ishlarini...
Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.