Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2021
Chop etish
Ustozga ehtirom…

1  oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika institutida  «Ustozlarga ehtirom» tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda oliygoh rektori Sh.Sharipov so‘zga chiqibinstitutda faoliyat yuritayotgan faol o‘qituvchilarni bayram bilan qutladi. Yosh avlod tarbiyasiga o‘zini bag‘ishlagan aziz ustozlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini qadrlash har bir davlatning burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyati, ekanini gapirdi.

“Bugun ushbu ayyomni nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Hech qachon uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz.Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham oliyjanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, o‘quvchilarini o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir”- deydi institut rektori Sh.Sharipov o‘z so‘zida .

Hozirgi kunda Jizzax davlat pedagogika institutida 600 ga yaqin professor o‘qituvchilar 17 mingdan ziyod Talaba yoshlarni o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etib kelishmoqda. .O‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir. Bayram tadbiri davomida 40 dan ortiq fidoiy, tashabbuskor professor-o‘qituvchilar taqdirlandilar.Tantanali bayram kechasini institut badiiy jamoasi o‘z konsert dasturlari bilan yakunladi.

 


Ulashish:
946
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.