Aniq fanlar va fizika-texnologik ta’lim fakulteti talabalari ishtirokidagi uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro dasturlarni joriy etish va sertifikatli bitiruvchilarni magistraturaga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, volontyorlar guruhlarini shakllantirish, dasturlash bo‘yicha amaliy faollikni kuchaytirish, kutubxona fondini boyitish va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi, hamda raqamlashtirishga qaratilgan startap tanlovini o‘tkazish taklifi bildirildi.









