
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.
Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
70540104 – Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Kasbiy faoliyatining sohalari:
- 70540104 – Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (matematika) – ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid masalalami hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini qamrab oladi.
- Kasbiy faoliyatlarning turlari:
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- ma’naviy-ma’rifiy faoliyati;
- tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
- oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o’rta maxsus, professional ta’lim tizimidagi pedagogik faoliyat.
70540104-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Ilmiy-pedagogik faoliyatida:
fanning zamonaviy yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlaming puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirish jarayonini motivatsiyalash va faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligiga erishish, didaktik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish, mavjud bilimlami doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish, har bir darsni tashhis etish, prognozlash va puxta loyihalashtirish;
ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalami ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilishi;
ta’im sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilishi;
ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega bo‘lishi;
mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan matematika fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini oliy va o‘rta maxsus, kasb- hunar hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etish;
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha darslami o‘tkazish uchun zarur boTgan o‘quv- metodik hujjatlami tuzishi, tayyorlash va rasmiylashtirish;
Ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi: Malakaviy amaliyot – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalami shakllantirishga qaratiladi.Ilmiy amaliyot – oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonlarini tashkillashtirish bilan tanishish, ya’ni bo‘limlar strukturasi va vazifalari, o‘quv jarayonini tashkil qilishdagi va o‘quv jarayonining direktiv va normativ hujjatlari, pedagogik faoliyatning boshlang‘ich mahorat ko‘nikmalarini o‘rganish, ta’lim muassalarida o‘tkaziladigan ilmiy ishlarda qatnashish, tanlab olingan fan bo‘yicha amaliyot davrida vazifalami bajarish (rahbar nazorati ostida), shu fanni o‘tish bo yicha uslubiy reja ishlab chiqishdan iboratdir.
Fanlar katalogining tuzilishi
| Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Soat | Kredit | Semestr |
|---|---|---|---|---|---|
| 1.00 | Majburiy fanlar | 960 | 32 | ||
| 1.01 | ITM1105 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 150 | 5 | 1 |
| 1.02 | YOT1205 | Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar | 150 | 5 | 2 |
| 1.03 | MFO’M1105 | Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi | 150 | 5 | 1 |
| 1.04 | ATB1205 | Analizning tanlangan boblari | 150 | 5 | 2 |
| 1.05 | GTB13406 | Geometriyaning tanlangan boblari | 180 | 6 | 4 |
| 1.06 | OTMO‘ZT1306 | Oliy ta’limda matematikani o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari | 180 | 6 | 3 |
| 2.00 | Tanlov fanlar | 840 | 28 | 2,3,4 | |
| 2.00 | Kvalifikatsiya. Matematik, Pedagog-tadqiqotchi | ||||
| Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 | 1,2,3,4 | ||
| Jami: | 3600 | 120 |
