Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Xamzayev Xaqberdi Eshmirzayevich

Xamzayev Xaqberdi Eshmirzayevich

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Ilmiy daraja
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon
Unvonsiz
Telefon
+998 72 226 31 60
E-mail
xaqberdixamzayev@gmail.com
ORCID:
ResearcherID:
Scopus Author ID:
Google Scholar ID:

Prorektor vazifalari

Yuqori turuvchi tashkilotlar hujjatlarini ijrosini ta‘minlash

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

O‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish

  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

O‘quv konferensiyalarini tashkil etish, uslubiy ta‘minotni rivojlantirish va kadrlar bilan ta‘minlashni muvofiqlashtirish

  • O‘quv konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • O‘quv-uslubiy ishlar materiallarini, shu jumladan, universitet xodimlari tomonidan tayyorlanadigan darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda monografiyalarni nashr etishini tashkil etish, mazkur nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish.

O‘quv jarayoniga oid hisobotlarni tayyorlash

  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
  • Professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Semestr va yillik yakunlar bo‘yicha o‘quv jarayoniga oid analitik hisobotlarni shakllantirish va rahbariyatga taqdim etish.

Yillik reyting tahlili va tashqi attestatsiyaga tayyorgarlik

  • O‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga
  • O‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;

Boshqa vazifalar

  • Dars jarayonini, o‘qitish sifatini va me‘yorlarga rioya etilishini muntazam ravishda takomillashtirib borish va nazorat qilish;
  • Ta’lim jarayoniga zamonaviy metodikalar, raqamli texnologiyalar va samaradorlikni oshiruvchi yangiliklarni tatbiq etishni tashkil etish.