Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Mahalla va universitet
Jizzax davlat pedagogika instituti bu borada viloyatning Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sh.Rashidov tumanlari hamda Jizzax shaxridagi 10 ta mahallalar bilan yaqin hamkorlik ishlarini amalga oshirmokda. Ushbu mahallarda avvalambor davlat rahbarinigg 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazilishi bilan bir qatorda, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bepul ingliz tili o‘quv kurslari ham tashkil etildi. Mahalladagi uyushmagan yoshlarni to‘garaklarga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga katta e’tibor qaratildi. Mahallalarda sportning futbol, basketbol, voleybol turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahallalarning uyushmagan yoshlari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.