Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
«Yashil makon» umumxalq loyihasi
2024-yil bahor faslida “Yashil makon” umummilliy loyhasini amalga oshirish doirasida universitetning sirtqi bo‘lim Bo‘ston shaharchasi hududidan bog‘ tashkil qilish uchun qo‘shimcha 4.5 yer maydoni ajratilishiga erishildi, ajratilgan yer maydoniga 7000 dona xar xil turdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarni ekish va xududni o‘rab olish ishlari bajarildi. Bahor mavsumida 13265 dona manzarali gullar bosh bino, ma’daniyat saroyi sirtqi bo‘lim amaliyot bazasi va boshqa binolari atrofiga ekildi. Shuningdek barcha binolarda muntazam ravishda doimiy obodonlashtirish ishlari bajarib kelinmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “2024-yil kuz-qish mavsumida universitetda amalga oshiriladigan chora tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i e’lon qilindi. Universitetning Sangzor MFY hududidagi yangi 2500 o‘rinli o‘quv binosi hududiga manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha ko‘chatlarni ekish uchun yer ajratilib, fakultetlarga taqsimlandi hamda bugungi kunda fakultetlar tomonidan jami 1000 dona ko‘chat ekish ishlari bajarildi.