“Volontyorlar klubi” faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 11-apreldagi “Volontyotlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” №169-sonli qarori e’lon qiligan edi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 10-may kuni №129 sonli buyrug‘i qabul qilgan. Mazkur qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida JDPU rektori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 1O-maydagi 129-son buyrugi irosi to‘g‘risida 2023-yil 13-may kuni “JDPU da Volontyorlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” buyrug‘i e’lon qilindi. “Volontyorlar klubi” Nizomi ishlab chiqildi va JDPU rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtirildi.
2023-2024 o‘quv yilida “Volontyorlar klubi” oldingi yillarda to‘plangan tajribalarga tayanib, hamda JDPU raxbariyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan bir qator ibratli ishlarni amalga oshirdi (Klub a’zolari 86 nafar). Ular quyidagicha:
1. Jizzax viloyati, uzoq qishloq va ovullari JDPUda “Volontyorlar klubi” mavjudligini va uning maqsad va vazifalarini bilishadi va taniydi.2. O‘quv yili davomida Jizzax vilotining Forish, Zomin, Baxmal, G‘allaorol va Mirzachul (xammasi bo‘lib 7 ta tadbir) tumanlarida aholi orasida, yoshlar orasida, ta’lim muassasalari yoshlari bilan turli xil shakldagi uchrashuvlar, treninglar tashkil etdi.
3. O‘tkazilgan Volontyorlik aksiyasi doirasida yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirish, yoshlar orasida 5 muhim tashabbusni kengroq targ‘ib etish va jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni OTM jalb etish ishlariga asosiy e’tibor qaratildi.
4. JDPUda “Volontyorlar klubi” a’zoligiga qabul qilingan talabalar va ko‘ngillilar hamda tashabbuskorlar xisobidan xammasi bo‘lib 5.600.000 (besh million olti yuz ming) so‘m pul mablag‘iga sovg‘alar, o‘quv qurollari, didaktik vositalar xarid qilindi va joylardagi tadbirlarda o‘z egalariga topshirildi.
5. “Volontyorlar klubi” a’zolari tamonidan viloyatimizdagi 7 nafar nogironligi mavjud bolalar xonadonlariga tashrif buyurdi, 4 nafar yolg‘iz yashovchi xonadon xovli ishlariga ko‘maklashildi (o‘tin tayyorlash, bog‘ daraxtlariga ishlov berish, yer ag‘darish, obodonlashtirish va xovlining sanitariya-gigiyena xolatini tartibga keltirish va boshq.).
6. 2023-yil O‘zbekiston respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tamonidan e’lon qilingan “Volontyorlik loyihalari” da JDPU volontyorlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi va to‘rtta loyiha moliyalashtirilishiga erishildi (jami summa 130.000.000 (bir yuz o‘ttiz million) so‘m).
7. O‘quv yili maboynida o‘tkazilgan Volontyorlik tadbirlarida xammasi bo‘lib 1800 o‘quvchi yoshlar, 380 nafar yosh oila vakillari, 7 nafar nogironligi mavjud bolalar va 410 nafar pedagog xodimlar qamrab olindi.
8. JDPU “Volontyorlar klubi” ga universitetimiz tyutorlari xam qo‘shilgan bo‘lib, klub a’zolari bilan safarlarga chiqishmoqda.
