Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Iqtidor
Iqtidorli talabalarni tanlash bo‘yicha iqtidor.jdpu.uz platformasi main.jdpu.uz tizimida “Talabalar akademiyasi” moduli ishga tushirildi. Natijada iqtidorli talabalarni saralash mexanizmlari yanada takomillashirildi.
Universitet hamda nomli davlat stipendiyalariga arizalarni qabul qilish va tanlovlarni shaffof, adolatli o‘tkazishda raqamlashtirilgan (main.jdpu.uz) holda “Talabalar akademiyasi” modulida tashkil etildi.
Ulug‘bek vorislari” stratap loyihalar tanlovi viloyat bosqichida 3 nafar talaba g‘olib bo‘ldi. 1 nafar talaba Respublika bosiqchi g‘olibi bo‘ldi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 6.5 million so‘mlik vaucherini qo‘lga kiritdi.
2024-yil 18-22-noyabr kunlari “Turkmaniston respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro onlayn iqtisod fani hamda biologiya fani olimpiadasida 1 nafar oltin, 1 nafar kumush, 8 nafar talaba bronzaga ega bo‘lishdi.
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga 1 nafar tabiiy fanblar fakulteti talabasi, “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovining respublika bosqichida fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi 2-o’rinni, Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan xorijiy tillar fan olimpiasida xorijiy tillar fakulteti talabasi 4-o’rinni, 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda 13 nafar talaba esa nomli davlat stipendiyalarni qo‘lga kiritdi. 2024-yilda universitetning 5 nafar talaba va professor-o’qituvchilari “El-yurt umidi” jamg‘armasining magistratura va doktorantura yo’nalishi bo’yicha Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlarida ta’lim olsh uchun stependiant g’olibi bo’lishdi.