Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etib, buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi hamda temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida temuriylar merosini chuqur o‘rganish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiqotlarni kengaytirish, yoshlar o‘rtasida milliy tarixga qiziqishni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.





Shuningdek, ilmiy seminarlar, konferensiyalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish hamda ilmiy maqolalar to‘plamini nashr etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
