Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2019
Chop etish
Talabalik Muborak

Inson hayotidagi eng quvonchli kunlari albatta talabalik hayoti bilan bog‘liq. Talabalik yillari… sarguzashtga to‘la o‘sha kunlarni yodga olganimizda ko‘nglimizda chuqur entikish va sog‘inchni his qilamiz. Bugun Jizzax Davlat Pedagogika Oliygohida ko‘zlarida olam –olam quvonch , yangilikkka tashnalik ila oliygoh darvozasidan dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan bir guruh talaba yigit qizlarni ko‘rib , siz-u biz his qilgan o‘sha masrur onlar yodimizga keladi.

 

Institut “Madaniyat saroyida” bo‘lib o‘tgan “Orientation week” ( Birinchi kurs maktabi) tadbirida ana shunday bilimga chanqoq, ko‘nglida ezgu maqsadlar bilan ilm olishga intilayotgan Fizika –matematika hamda Mehnat ta’limi fakultetlariga qabul qilingan birinchi kunrs talabalari taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov talaba yigit qizlarni talabalik unvoni bilan tabriklash bilan bir qatorda institut faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Haqiqiy talaba albatta yuqori natijalarga erishib iqtidori va turli g‘oyalarini namoyish etishni istaydi. Buning uchun institutda barcha sharoitlar mujassam. Institutning ilmiy ishlar yo‘nalishi bo‘yicha prorektori G‘ayrat Qodirov bu borada talabalarga ma’lumot berish bilan bir qatorda , halqaro hamkorlik, ilmiy ish olib borish tartiblari bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Talabalarni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish tadbiri yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. SHundan so‘ng institut badiiy jamoasi ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar , yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati


Ulashish:
1 261
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.