Unda ta’lim yo‘nalishlari, inklyuziv ta’lim mazmuni hamda imkoniyati cheklanganlar bilan ishlashning muhim jihatlari haqida ma’lumot berilib, startap loyihalar, amaliy tajriba va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Muloqot davomida chekka hududlarda imkoniyati cheklanganlar uchun markazlar tashkil etish, psixologik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, kutubxonani sohaviy adabiyotlar bilan boyitish hamda yetakchi mutaxassislar ishtirokida seminarlar o‘tkazish yuzasidan takliflar bildirildi.











