Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Reja-moliya bo‘limi

 
Reja-moliya bo’limi boshlig’i

Umaraliyev Odiljon Umaraliyevich

Telefon: +(99872) 226 55 29

Elektron manzil: jizdpi@umail.uz

Qabul vaqti: dushanba — shanba, 8:30 – 17:30

Reja-moliya bo’limida Rakshina Natalya Ivanovna, Yuldashev Rustam O’ktamovich, Irgashev Ilyar No’monovich kabi 1-toifali iqtisodchilar faoliyat yuritishadi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrdagi 2634-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’i bilan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Reja-moliya bo’limi xodimlarining ish taqsimotlari, vazifalari, ularning majburiyatlari va javobgarligi to’g’risida ishlab chiqildi.

Reja-moliya bo’limi boshlig’ining asosiy vazifalari:

  • Reja-moliya bo’limi vazifalarini mazkur Yo’riqnoma va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari va ma’muriy boshqaruv xodimlarining shtatlar jadvali tizimini va mablag’larning to’g’ri taqsimlanishini nazoratga olish;
  • Vazirlikka byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar, xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlashni nazoratga olish;
  • Shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risida hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
  • Davlat byudjeti mablag’laridan unumli va samarali foydalanish hisobiga byudjet mablag’lari sarfini kamaytirishni doimiy nazoratga olish;
  • To’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushgan mablag’larni xarajatlarning aktiv va passiv qismlariga sarflanishini doimiy nazoratga olish;
  • Universitet istiqbol rejasini tuzishda (ichki imkoniyat va ta’sir etuvchi omillar mavjudligi) hisobga olishni nazorati bilan shug’ullanish;
  • Universitetning xodimlar bo’limiga universitet bo’yicha vakant lavozimlar to’g’risidagi ma’lumotni har oyning 30-sanasigacha topshirish;
  • Xodimlar bo’yicha ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish haqidagi buyruqlarni o’z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;
  • Universitet kafedralari va bo’limlarida qo’shimcha ish joyi yaratilib, xarajatlar smetasini to’g’riligini nazoratga olish;
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
  • Lavozim (vazifa) yo’riqnomalariga rioya qilish;
  • Qonun hujjatlari va boshqa yuridik hujjatlarga rioya qilish;
  • Qabul qilingan ichki-tartib to’g’risidagi qoidalarga rioya qilish;
  • YATMM va MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
  • Jamoa shartnomasi va shartlariga rioya qilish.

1-toifali iqtisodchilarning asosiy vazifalari:

  • Universitetning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni hujjatlar bo’yicha to’plash va tahlil qilish;
  • Vazirlikdan so’raladigan rejali hisobotlarni tayyorlash;
  • Vazirlikka byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar xarajatlar smetasini loyihasini tayyorlash;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo’yicha tahlil etish;
  • Smetada ko’rsatilgan mablag’lardan o’z maqsadlari yo’lida to’g’ri foydalanishni, o’rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo’l qo’ymaslikni nazoratga olish;
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
  • Lavozim (vazifa) yo’riqnomalariga rioya qilish;
  • Qonun hujjatlari va boshqa yuridik hujjatlarga rioya qilish;
  • Qabul qilingan ichki-tartib to’g’risidagi qoidalarga rioya qilish;
  • YATMM va MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
  • Jamoa shartnomasi va shartlariga rioya qilish.