Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70110701
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: O‘zbek tili va adabiyoti

O’zbek tili va adabiyoti mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70110701 – 0‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • 70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti – ta’lim sohasidagi mutaxasislik bo‘lib, barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilmiy-pedagogik tadqiqot;
  • ma’naviy-ma’rifiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • pedagogik;
Kasbiy vazifalari

70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:

ilmiy, amaliy tadqiqotlami o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklami kashf etish;

ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlami ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalami tuzish;

ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;

mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalami ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlaming konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;

o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

elektron (e-leaming), mobil (m-leaming), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv- metodik majmualami mukammal o‘zlashtirish;

pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish; kasbiy faoliyat sohasining ixtisosligiga mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalarini o‘rganish.

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

ilmiy-pedagogik tizimlari sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlardan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

ilmiy-pedagogik tizimlari sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida mustaqil ravishda yangi bilim va amaliy ko‘nikmalami mustaqil ravishda egallash va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

yangi g‘oyalami yaratish va ilmiy-pedagogik-tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish qobiliyatiga hamda ilmiy jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

faoliyatning ilmiy, ilmiy-pedagogik va ijtimoiy sohalarida faol ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lish;

fikrlash madaniyatini egallagan bo‘lishi, og‘zaki va yozma nutqini argumentlangan holda aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

egallangan tajribani tanqidiy ko‘rib chiqish qobiliyati, zarur bo‘lganda o‘z kasbiy faoliyatining turi va xarakterini o‘zgartirishi;

bugungi zamonaviy axborot texnologiyalari davrida jamiyatning rivojlanishidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, bu jarayonda vujudga keladigan xavf va tahdidlami anglash, informatsion xavfsizlikning asosiy talablariga, jumladan, davlat sirini himoya qilish talablariga, rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

internet tarmog‘idan axborotlami olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy metodlari, usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi.Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalarni umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
Majburiy fanlar 900 30
1.01 ITMH05 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 1
1.02 AT1205 Amaliy tilshunoslik 150 5 2
1.03 MTP1105 Mumtoz tarixiy poetika 150 5 1
1.04 LA13O5 Lingvodidaktika asoslari 150 5 3
1.05 BAEK1305 Badiiy adabiyot va estetik kategoriyalar 150 5 3
1.06 MFO‘M1405 Maxsus fanlar o‘qitish metodikasi 150 5 4
2.00 Tanlov fanlar 900 30 1-4
Tanlov fanlar 900 30 1,2,3,4
Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi
Ilmiy faoliyat 1800 60 1-4
Jami: 3600 120