Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/08/2023
Chop etish
 “Ona siymosi”  va  “Mening oilam” mavzularida bo‘lib o‘tgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Joriy yilning 15-25 avgustiga qadar Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Ona siymosi”, “Mening oilam” mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar 50×70 hajmidagi rang tasvir va moy bo‘yoq matoda ishlangan rasmlarni 10 kun muddatda taqdim etishlari lozim edi. Ayna paytda 100 ga yaqin ishtirokchi o‘z ishlarini taqdim etgan. Ushbu ishlar esa hakamlar hayʼati tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra  1-o‘rin –  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Madina Xushvaqtovaga , 2-o‘rin –  Fizika va texnologik taʼlim fakulteti talabasi Gulsevar O‘rinboyevaga , 3-o‘rin – esa  Fizika va texnologik taʼlim fakultet talabasi Farzona Chindaliyevaga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan tanlov ishtirokchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi. Shuningdek tanlovda faol ishtiroki 4 nafar talaba yoshlarga  rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshiriladi.


Ulashish:
1 160
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qozon Federal universiteti filialida korrupsiyaga qarshi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Jizzax shahridagi Qozon Federal universiteti filialida JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Rektor olimpiadasi: Ingliz tili yo‘nalishida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan Rektor olimpiadasi doirasida ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi.
“Yoshlar kuni” doirasida Filologiya fakultetida adabiy kecha o‘tkazildi.
Filologiya fakultetida o‘tkazilgan “Ijod saboqlari” mavzusidagi adabiy kechada taniqli ijodkorlar – yozuvchi Abdurahmon Karimov, shoira va adabiyotshunos Zuhra Mamadaliyeva hamda yosh ijodkor Sirojiddin Karim ishtirok...