Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
01/04/2019
Chop etish
Oks sivilizatsiyasi haqida akademik Anatoliy Sagdullaev talabalar bilan suhbatlashdi.

JDPI matbuot xizmatiga ko‘ra, bir necha darsliklar va kitoblar muallifi, taniqli olim va jamoat arbobi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi A. Sagdullaev Jizzax davlat pedagogika insituti talabalari bilan suhbatlashdi.

“Bugungi kunda yoshlarimizga ilm, fan, texnika, san’at va boshqa sohalarda eng yuksak darajada yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar to‘g‘risida ta’’kidlab, yoshlar faqat bitta maqsad sari – yuksak bilimga ega bo‘lishi lozim va siz bo‘lg‘usi pedagoglar maktablarda saboq berasizlar va shuni hech qachon  unutmangki, hayotda eng muhim xujjat bu – maktab attestadidir. Chunki mening shu darajaga yetishishimda, mohir arxeolog bo‘lishimga maktab davrlari va maktabda olgan saboqlarim hamda o‘sha davrda maktab o‘quvchisi bo‘lishimga qaramasdan ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishim sabab bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik  nomzodlik va doktorlik dissertatsiyamni himoya qilishda ustozlarim ayniqsa, V. M. Masson, G. A. Pugachenkovalarning xizmati katta bo‘ldi” deb ta’kidlaydi akademik A. Sagdullaev.

Akademik A. Sagdullaev Jizzax vohasi va uning boy o‘tmishi tarixi haqida talabalarga shunday deydi:- “Bu voha o‘rta asrlarda Ustrushona atamasi bilan  tarixiy va yozma manbalar, afsona va rivoyatlarda tilga olinadi. Ayniqsa bu vohada   yunon istilochisi Aleksandr Makedonskiyning qattiq qarshilikka uchragani to‘g‘risida juda ko‘plab maqolalar va darsliklarda yozilgan. Ustrushona o‘lkasining hali ochilmagan va o‘rganilmagan qirralari ko‘p. Men aminmanki, siz talabalar ham hali bu borada ko‘p ishlarni amalga oshirasizlar. Shunindek, akademik A. Sagdullaev Markaziy Osiyoda hozirgi kunda tarixchilar O‘rta Osiyo terminini ishlatmoqda. O‘rta osiyoning tarixi va madaniyatini yangicha nigoh asosida o‘rganish borasida davlatimiz tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirilayotganligi, shu o‘rinda qadimgi davlatchilik va shaharlar to‘g‘risida o‘z nuqtai nazarlarini bayon qilib, qadimgi Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, parfiya, Marg‘iyona davlatlari tarixiy chegar nuqtai nazaridan ularni bir biridan ajratib bo‘lmaydi. Nega deganda bu qadimiy davlatlar hozirgi chegaralanishga mutlaqo mos kelmaydi.  Mazkur qadimgi davlatlarni bir xalqqa va bir millatga tegishli deb da’vo qilish, va tarixchilar o‘rtasida musobaqa qilish bu juda katta siyosiy xatolikdir. Bugun davlatlararo integratsiya, ilmiy hamkorlik masalasi tobora kuchayib bormoqda. Biz 30 yil orqada qolib ketdik, arxeologik tadqiqotlar va izlanishlar borasida qanday kashfiyotlar qilingani, dunyo olimlari qanday natijalarga erishganligi to‘g‘risida bexabar qolib ketdik. Qanchadan qancha arxeologik obidalarni yer bilan tekislab yubordik. Bugun mamlakatimizda turizm salohiyatiga keng yo‘l ochilmoqda. Xorijiy mamlakatlarda arxeologik madaniyat va obidalar saqlanib qolgan. Ziyorat turizmi rivojlanmoqda. Bu borada tarixchi va arxeloglar zimmasiga yanada mas’uliyatli vazifalar topshirilmoqda. Yangi izlanish va kashfiyotlar O‘rta Osiyo hududida shaharsozlik va davlatchilikning vujudga kelishi bilan bog‘liq qarashlar va sivilizatsiyalar Misr, Shumer, Akkad va Elam sivilizatsiyasidan kam emasligini olimlarimiz isbotlab bermoqda”

  1. Sagdullaev talabalarga Oks sivilizatsiyasi haqida batafsil tushuncha berib, shahar va davlatlarning vujudga kelishi, diniy qarash va e’tiqodlar, moddiy va ma’naviy boyliklar to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi A. Xoliqulov, Urganch davlat universiteti kafedar mudiri O‘. Abdullaev ishtirok etishdi. Akademik A. Sagdullaev tadbir so‘ngida JDPI jamoasiga minnatdorchilik bildiririb, shu yilning 26 aprelida bo‘lib o‘tadigan “Jizzax arxeologiyasi: Kecha va bugun” ilmiy amaliy konferensiyada yana bir bor tarixiy fakt va dalillarga boy bo‘lgan ma’ruza bilan ishtirok etishini ma’lum qildi. Mazkur konferensiya JDPI tarix fakultetida yangi “O‘zbekiston arxeologiyasi” kafedrasini tashkil etilishiga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.


Ulashish:
4 383
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.