Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/02/2017
Chop etish
“Og‘zaki nutq amaliyoti” fanidan “Environmental problems. Human impact on environment” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi

Katta o‘qituvchi Darvishova G. Davlatimiz tomonidan chet tillarni o‘qitishda va o‘rganishga yaratib berilgan shart sharoitlardan barchamiz shod bo‘lamiz. Aynan shunday imkoniyatlarni fakultetimizda ham uchratamiz. O‘qituvchi dars jarayonida talabalar o‘rtasida ingliz tili aurasini yarata oldi desam xato bo‘lmaydi. O‘qituvchi va talaba munosabati samimiy bo‘ldi. Dars davomida multimediya vositalaridan samarali foydalanildi. Darsda talabalarni guruh va hamkorlikda ishlariga imkoniyat yaratildi. Ish kamchiliksiz bo‘lmaydi albatta. Darsda passiv o‘quvchilarga kam e’tibor berildi  Keyingi darslarda o‘qituvchi buni inobatga oladi deb umid qilaman.

5

O‘qituvchi S.Xamidova: Men xam prezidentimizning 2012 yil 10-dekabrdagi qarori o‘qituvchilar oldiga o‘z kasbiga bo‘lgan ma’suliyatini yanada oshirish hamda darslarni jahon standartlariga javob beradigan, axborot texnologiya vositalaridan foydalanib o‘tishni yuklaydi va o‘qituvchi multimediya vositalari video va slaydlardan foydalandi. Bundan tashqari ochiq darsni olib borishda atrof-muhitga dahldor muammolarni xal etish yo‘llarini o‘quvchilar bilan muhokama qildi.

6

O‘qituvchi M. Umarqulova: men g‘am yuqorida bildirigan fikrlarni qo‘llab quvvatlagan holda shuni ta’kidlab aytamanki, dars ma’suliyat bilan rejalashtirilgan. “Knowledge steps”, “Know, Want to know, Knew”,usullari talabalarning qiziqishini oshirdi. Talabalar mustaqil ishladilar va xamkorlikda ish olib bordilar, o‘qituvchi bu bilan interfaol usullarning afzal tomonlarini ochib berdilar deb o‘ylayman.

O‘qituvchi  Maxammadieva D.: Bo‘rieva N. yosh va endigina o‘z faoliyatini endi boshlagan bo‘lsada o‘zining darsga bo‘lgan ma’suliyatini ko‘rsata bildi. Bugungi ochiq dars masalasiga kelsak, o‘qituvchi tajribasiga bog‘liq bo‘lgan kaamchilikka qaramasdan, dars menga yoqdi, o‘qituvchi dars jarayonida shunday do‘stona atmosfera yarata oldiki, talabalar erkin gapirdilar va darsda faol qatnashdilar.

Ochiq dars muhokamasi yuzasidan kafedra o‘qituvchilari dars haqidagi fikr mulohazalarini bildirdilar.


Ulashish:
1 645
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.