Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/06/2020
Chop etish
Musulmon renessansi davrida Usturshonada ilm va fan rivoji..

Jizzax davlat pedagogiika instituti hamda Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida “Musulmon renessansi davrida Usturshonada ilm-ma’rifat” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiya ishini viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari I.Umarova ochib berdi. Konferensiya ishida xududimizda yashab ijod etgan olimu fuzalolarning ilmu-ma’rifatga qo‘shgan hissasi xususida O‘zFA Arxeologiya instituti professori M.Pardaev, f.f.dok M.Hoshimxonov, t.f.d (PhD) F.Akchaev o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tishdi. Ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida ko‘hna Usturshonaning yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri sifatidagi o‘rni ahamiyatlidir. Usturshonaning aksariyat qismi tog‘, g‘arb tomondan Samarqand hududi, janub tomondan Keshning ozgina qismi, Sag‘oniyon, shuman, Voshg‘ird va Rasht xududi, sharq tomondan Farg‘ona yerlari bilan tutashib ketgan. Usturshonada joylashgan shahar va qishloqlar Bunjikent, Zomin, Dizak, Arsiyaniket, Kurket, G‘azak, Fag‘ket, Sabot, Nujket va Xaroqana degan nomlar bilan atalgan. Kattagina xududni egallagan Usturshona fikh ilmini rivojiga alohida hissa qo‘shgan. Jumladan, mashhur fikhshunos olimlar Ahmad ibn Husayn al-Usturshaniy, Abu Ja’far al Usturshaniy, Muhammad ibn Abdulhamid al Usmandiylarning islom ma’rifatini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari konferensiyada e’tirof etildi.


Ulashish:
1 270
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...