Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/02/2021
Chop etish
Mini futbol bo‘yicha JDPI  “Rektor kubogi” uchun  musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6099 farmoni  hamda  5ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi ijrosini ta’minlash  maqsadida shahrimizdagi turli mahalla yoshlaridan iborat jamoalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.

O‘nta jamoa ishtirok etgan sport musobaqasiga 150 dan ziyod yoshlar jalb etildi. Musobaqani JDPI Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha prorekori S.Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida barcha jamoalarga omad tiladi. Bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijalariga ko‘ra

Sh.Rashidov tumani “Qaxramon” MFY yoshlari tarkibidan tuzilgan jamoa 1 o‘rinni, Jizzax shaxar “ Sayxon ” MFY ni jamoasi 2 o‘rinni, “Zargarlik “ MFY jamoasi 3 o‘rinni egalladi. G‘oliblarga   Rektor kubogi  hamda institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 


Ulashish:
639
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.
Jizzax shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.
Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida ota-onalar ishtirokida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida yoshlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiya jarayonida ota-ona, ustoz hamda jamiyat hamkorligini kuchaytirish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Yangi o‘quv yiliga katta sovg‘a: JDPU “Bog‘ishamol” hududida zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olishi, mehnat qilishi va hayotdan munosib o‘rin topishiga qaratilgan ezgu ishlar tobora kengayib bormoqda. Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi...