Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2019
Chop etish
Men baxtli talabaman…

Xabaringiz bor yaqin bir haftadirki Jizzax davlat pedagogika institutida “Orientation week” birinchi kurs talabalari bilan tanishuv marosimlari o‘tkazilmoqda. Bugungi tanishuv marosimiga oliygohning Chet tillari hamda San’atshunoslik fakultetlari talaba yoshlari taklif etildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Har kungidan o‘zgacha bayramona ruxda o‘tkazilgan bugungi tadbir men uchun bir umr yodda qolsa kerak men o‘zimni yutuqlarim bilan bo‘lishish va talabalik safiga qabul qilingan birinchi kurs talabalarini faolroq bo‘lishga da’vat etishni hohlardim. Izlanishlarim, qiziqishlarim tufayli men 2018 yilda “ Yil talabasi ” unvoniga sazovor bo‘ldim. Aminmanki bu davraga yig‘ilgan yigit qizlar ichida iqtidorli , bilimga chanqoq, izlanuvchan yoshlarimiz ko‘p. Istardimki ular institutda yaratilgan sharoitlardan va biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib yutuqlarga erishishsin.”-deydi CHet tillari fakulteti 3 kurs talabasi Umida Matmurodova

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Jizzax davlat pedagogika institutida yangi tashkil etilgan Sa’natshunoslik fakulteti bugun 6 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Ta’kidlash joiz ushbu fakultet yurtimizdagi 7 ta oliygohda tashkil etilgan. Fakultet dekani Xasan Omonov talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yigit qizlarni bugungi kun bilan qutlar ekan ular uchun institutda barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Tadbirning badiiy qismini CHet tillari fakulttetining talabalari o‘chiqishlari bilan boshlab berishgan bo‘lsa Sa’natshunoslik fakultetitining talabalari tomonidan tuzilgan badiiy jamoa go‘zal kuy va taronalar bilan davom ettirishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Bir necha kundan beri davom etayotgan talabalar tanishuv marosimi ham o‘z yakuniga etayapti. O‘quv yilini ilk kunlarida mana shunday qiziqarli tadbirlarda ishtirok etib Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi va uning ijtimoiy hayoti bilan tanishishdan boshlagan talaba yigit qizlar sizlarga ulkan zafarlar tilaymiz. Biz sizga chindan havas qilamiz. CHunki siz 4 yil mana shunday qaynoq , zavqli talabalikning “oltin “davrini yashaysiz. Talabalik muborak aziz yoshlar. ..Oliygohga xush kelibsiz.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 387
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.