Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
09/09/2025
Chop etish
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” mavzusi bo’yicha korrupsiyaga qarshi yoshlar tanlovi

Tanlovda “Davlatlararo Kengashni tuzish to‘g‘risida”gi Bitim ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar, shuningdek, 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan boshqa davlatlar fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:

“Eng yaxshi plakat” – kompyuter dasturlari, planshetlar yordamida grafik tarzda qilingan, A3 formatda (297×420 mm) 15 mb dan oshmaydigan ishlar;
“Eng yaxshi rasm” – qo‘lda chizmachilik aksessuarlari – qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskiz markerlari yordamida qo‘lda tayyorlangan A3 formatda (297×420 mm) 15 mb dan oshmaydigan ijod namunalari;
“Eng yaxshi videorolik” – umumiy hajmi 300 mb oshmaydigan, 3840×2160 o‘lchamdan ortiq bo‘lmagan, mp4 formatda.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikatlar (Tanlov qoidalarining 4.1 va 4.2-bandlarida belgilangan mezonlarga javob beradigan barcha Tanlov ishtirokchilari uchun) shuningdek, belgilangan boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

Tanlovga arizalar (plakatlar, rasmlar va videolar) www.anticorruption.life veb-saytida 1-maydan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov nizomi rus tilida.

3-ilova. Tanlov nizomi3-ilova. Tanlov nizomi


Ulashish:
3 483
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.