Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/10/2021
Chop etish
Jizzaxda “Brooke House College Futball Akademy” futbol maktabi murabbiylari mahorat darslari o‘tkazishdi.

Toshkentda Angliya metodikasi asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan  “Brooke House College Futball Akademy”  nomidagi birinchi futbol maktabi ochilganidan ko‘pchilikning xabari bor bo‘lsa kerak. Ta’kidlash joiz Yevropa standartlari asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu loyiha O‘zbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qo‘shadi. Ushbu futbol maktabining Angliyadagi texnik direktori  futbol afsonalaridan biri Micky Adams bo‘lib, bugun  Jizzax davlat pedagogika isntitutiga ana shu maktabning Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Shuhrat Ernazarov boshchiligida bir guruh, Angliyalik futbol murabbiylari tashrif buyurishdi.

Jizzax davlat pedagogika isntituti hovlisida bo‘lib o‘tgan tadbirda mehmonlar avval milliy sport o‘yinlari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Shundan so‘ng yosh futbolchilar va Angliyalik murabbiy Tony Mccallen ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Akademiya vakillarining so‘zlari ko‘ra, tashkil etilgan “Brooke House College Futball Akademy”  futbol maktabida 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har bir tarbiyalanuvchi uchun eng muvofiq dastur tanlab olinadi. Yevropa metodikasiga ko‘ra, bu yerda bolalar futbol sir-asrorlarini mukammal egallashi bilan bir qatorda ularning yetuk inson bo‘lib tarbiya topishiga ham urg‘u beriladi.Shuningdek Maktabda faoliyat olib boradigan murabbiylar uchun Yevropada malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

\

 

— Viloyatlardan ham “Brooke House College footboll Academy” futbol akademiyasiga yosh iqtidorli futbolchilar saralanib olinayotganidan  juda xursandman, – deydi Tony Mccallen  – Biz  bolalar hayotiga katta o‘zgarishlarni olib kirish niyatidamiz. Umid qilamanki, akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishda amaliy yordam beradi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati  bilan bo‘lib o‘tgan  suhbat davomida  Angliyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yanada rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. Bo‘lib o‘tgan mahorat darslari so‘ngida mehmonlar eng faol yosh futbolchilarga  akademiya  logotipi tushirilgan sport kiyimlarini  taqdim etishdi.O‘z navbatida  oliygohga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 


Ulashish:
1 889
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.