Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yakuniy nazorat imtihonlari yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 12-yanvar kunidan boshlab yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Ayni paytda imtihonlar universitetning bosh binosida markazlashgan holda tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi yakuniy nazorat imtihonlari avvalgi yillarga nisbatan tartibli va tizimli o‘tkazilayotgani bilan ajralib turadi. Koridorlarda ortiqcha shovqin-suron, talabalarning bemaqsad navbat kutishi kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Barcha jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda.

Suratlarda jismoniy tarbiya, musiqa hamda dizayn yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari aks etgan.

E’tiborli jihati shundaki, imtihonlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda. Jarayonlarni nafaqat mas’ullar, balki ota-onalar ham onlayn tarzda kuzatish imkoniyatiga ega.


Ulashish:
1 480
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda...