Navbatdagi ochiq muloqot magistratura bo‘limi magistrantlari hamda tarix fakulteti talabalari bilan o‘tkazildi.
Uchrashuv rektorning universitetda yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi bo‘yicha taqdimoti bilan boshlandi. Shuningdek, magistratura bo‘limi rahbari va fakultet dekani tomonidan ham taqdimotlar o‘tkazilib, startap yo‘nalishidagi tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.








Suhbat davomida talabalarning xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, kitobxonlik va inklyuziv yo‘nalishdagi tanlovlarni takomillashtirish , volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida uchrashuvlarni tizimli tashkil etish masalalari yuzasidan savol va takliflar bildirildi.






