“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.
Mavzu: “What your mind looks like” Mehmon: Prezident stipendiyasi sohibasi Jasmina Abdullayeva






Tadbir davomida ishtirokchilar inson tafakkuri, fikrlash jarayonlari va shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan qiziqarli munozaralarda qatnashdilar. Mehmon spiker o‘z tajribasi, muvaffaqiyat yo‘li hamda samarali o‘rganish usullari haqida fikr bildirib, yoshlarni doimiy izlanish va o‘z ustida ishlashga chorladi.
