Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida milliy qadriyatlar va diniy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet masalalari muhokama qilindi.

“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat va universitet rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy qadriyatlar xalqimizning asrlik tarixiy tajribasi va ma’naviy merosiga tayangan holda jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam poydevori ekanini ta’kidladilar. Globallashuv sharoitida turli mafkuraviy ta’sirlar kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar ongida mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmning asl mohiyati, ularning jamiyat xavfsizligiga solayotgan tahdidlari atroflicha tahlil qilindi. Mutaxassislar radikal g‘oyalarning ko‘pincha diniy tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qilish orqali yoshlarni chalg‘itishga qaratilayotganini, bunday holatlarga qarshi huquqiy savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ishonchli manbalarga tayanish muhim ahamiyat kasb etishini urg‘uladilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirdilar. Yakunda yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish zarurligi alohida qayd etildi.


Ulashish:
84
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor va yoshlar uchrashuvi: sport sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarning sportdagi yutuqlari, mavjud shart-sharoitlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida milliy qadriyatlar va diniy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet masalalari muhokama qilindi.
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat va universitet rahbariyati,...
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Isroilova Sanam 70 yoshni qarshiladi.
Isroilova Sanam 1994-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1975–1979-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani kutubxonasining o‘quv zali mudirligidan boshlagan.