Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
03/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 10–14 mart kunlari “Inklyuziv yoshlar festivali” o‘tkaziladi.

Festival doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi:

“Ijod va ilhom” ijodiy tanlovi (ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar uchun):

  • Qo‘shiqlar ijrosi

  • Musiqa ijrochiligi

  • She’r ijrosi

“Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari (tayanch-harakat tizimida muammosi mavjud talabalar uchun):

  • Shaxmat-shashka

  • Stol tennisi

  • Yengil atletika

“Mening dunyoim” ijodiy ishlar tanlovi (kar va nutqida nuqsoni bo‘lgan talabalar uchun):

  • Rasmlar tanlovi

  • Insholar tanlovi

  • Videoroliklar tanlovi

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

 Festivalda ishtirok etish istagidagi talabalar fakultet dekani o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!


Ulashish:
1 208
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
JDPU «Ziyokor» voleybol jamoasi viloyat IIB boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.