Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv universitet rektori M.A. Yuldashevning Jizzax viloyatining iqtisodiy salohiyati va asosiy rivojlanish drayver yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlari bilan boshlandi. Shuningdek, universitet faoliyati, xususan, tibbiyot fakulteti haqida atroflicha axborot berildi. Uchrashuv davomida viloyat va universitet haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi hamda mehmonlarga universitet taqdimoti taqdim qilindi.

Shundan so‘ng muzokaralar boshlandi. Dastlab, tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim loyihalari, rus tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, inklyuziv ta’lim, turizm va menejment yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish, pedagoglarni malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun: “Sinergiya” korporatsiyasi Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi yirik xususiy biznes-korporatsiya bo‘lib, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi 50 dan ortiq tashkilot va kompetensiya markazlarini birlashtiradi. Korporatsiya ta’lim, marketing va texnologik xizmatlar sohasida keng ko‘lamli faoliyat olib boradi.


Ulashish:
2 413
Boshqa rubrikalarda mashhur

Tarix fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etib, buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi hamda temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi.
Qozon Federal universiteti filialida korrupsiyaga qarshi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Jizzax shahridagi Qozon Federal universiteti filialida JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Rektor olimpiadasi: Ingliz tili yo‘nalishida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan Rektor olimpiadasi doirasida ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi.