Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/03/2026
Chop etish
JDPUda xalqaro seminar va uchrashuv tashkil etildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga Dilek Öztürk tashrif buyurdi.

U Anadolu University Ochiq ta’lim fakultetida Xorijiy dasturlar, xususan, Markaziy Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul mutaxassis hisoblanadi.

Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida seminar va ochiq muloqot tashkil etilib, unda turk tilini onlayn platforma orqali o‘rganish tajribasi, zamonaviy masofaviy ta’lim tizimlari hamda o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish hamda talabalar almashinuvi imkoniyatlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, Dilek Öztürk tomonidan Anadolu universitetida ikkinchi mutaxassislik asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatlari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.

Jumladan, qabul tartibi, hujjat topshirish jarayonlari, ta’lim shakllari (onlayn va masofaviy), shuningdek, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning xalqaro darajada tan olinishi masalalari atroflicha tushuntirildi.


Ulashish:
53
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro seminar va uchrashuv tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga Dilek Öztürk tashrif buyurdi. U Anadolu University Ochiq ta’lim fakultetida Xorijiy dasturlar, xususan, Markaziy Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul mutaxassis hisoblanadi....
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida mentorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar.
JDPUda respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi.