Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Tadbirda kompaniya vakili Ventzislav Georgiyev, shuningdek Bolgariyalik 2 nafar professional bokschi va murabbiylar ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida talabalarga jang oldidan tayyorgarlik jarayonlari, professional boksda taktik yondashuv, jismoniy va psixologik tayyorgarlik masalalari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.





Master-klass doirasida universitet rektori hamda kompaniya menejeri Ventzislav Georgiyev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda boks sportini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda JDPU talaba va murabbiylarini xalqaro sport tadbirlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.




Uchrashuv yakunida Ventzislav Georgiyev tomonidan universitet rektoriga ramziy statuetka topshirildi. Shuningdek, universitet tomonidan ham mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.




Tadbir so‘ngida Revolution Boxing Promotion hamda JDPU o‘qituvchisi, professional bokschi BoboUsmon Baturov o‘rtasida professional boks janglarida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.




