Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
15/10/2025
Chop etish
JDPUda uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslari boshlanmoqda!

Universitet rektori tashabbusi bilan 2025-yil 20-oktyabrdan boshlab professor-o‘qituvchilar va doktorantlar uchun jonli efirda onlayn ingliz tili darslari yo‘lga qo‘yiladi.Uzluksiz o‘quv kursini tashkil etishdan asosiy maqsad:

O‘quv jarayonida dars o‘tish sifati va samaradorligini oshirish;
Fanlarni o‘qitishda xorijiy tajribadan keng foydalanish imkoniyatini yaratish;
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan termin va atamalarni ingliz tilida o‘rganish.

Darslar vaqti: har kuni soat 18:00–19:30
Platforma: Zoom

Ushbu kurslar orqali siz ega bo’lasiz:

O‘zingizning ingliz tili darajangizni mustahkamlash;
Professional faoliyatingizda global muloqot kompetensiyasini oshirish;
Hamkasblar bilan xalqaro tajriba almashish imkoni.

Eslatma! Ushbu kursda faol ishtirok etib, o‘z mutaxassislik fani bo‘yicha taqdimot qilib bergan o‘qituvchilar uchun rag‘batlantirish tizimi mavjud.


Ulashish:
1 803
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
JDPU «Ziyokor» voleybol jamoasi viloyat IIB boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.