Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
26/09/2025
Chop etish
JDPUda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari:

2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontraktning miqdorlari belgilandi.

Abituriyentning to‘plagan baliga nisbatan 4 baravardan (Davolash ishi yo‘nalishi 20 baravar) etib etib belgilandi.

IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha belgilangan.

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Shuningdek, 56.7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinmasligini ma’lum qilamiz.

Savollaringiz bo‘lsa, Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin:

📞+99894-343-0144, +99899-552-65-09,

ЖДПУ супер-контракт миқдори2


Ulashish:
1 300
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
JDPU «Ziyokor» voleybol jamoasi viloyat IIB boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.