Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Karera markazi
Karera markazi
|
28/11/2025
Chop etish
JDPUda bitiruvchilar, ish beruvchilar va “O‘zmilliybank” ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari, ish beruvchilar hamda “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv va seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi mutasaddilari, tumanlar ta’lim bo‘limlari vakillari hamda “Kelajakka qadam” dasturi mas’ullari ishtirok etib, bitiruvchilarga sohadagi zamonaviy talablar, ishga joylashish shartlari va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, “O‘zmilliybank” tomonidan PQ-61-sonli qaror bilan tasdiqlangan dastur doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Ayni paytda JDPUning 216 nafar bitiruvchisidan hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, 134 nafar talaba jami 2 mlrd 297 mln 100 ming so‘m kredit bilan qo‘llab-quvvatlangan. Shundan:

1 mlrd 320 mln so‘m — talabalarning plastik kartalariga; 977,1 mln so‘m — YATT va CHMJlar hisob raqamlariga aylanma mablag‘ sifatida yo‘naltirilgan.


Ulashish:
1 312
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Turkiy xalqlar adabiyoti” (II qism) darsligi Bakuda nashr etildi.
Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi huzuridagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida Bakudagi “Elm va təhsil” nashriyoti tomonidan “Turkiy xalqlar adabiyoti”...
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Inson qadri va huquqlarining...
Zominga sayohatlar davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari Zomindagi sayohatlardan ilhomlanmoqda.