Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/12/2025
Chop etish
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.

13–14-dekabr kunlari “Olimlarga ehtirom” shiori ostida Zomin dam olish zonasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir xodimlarni rag‘batlantirish, jamoani yanada birlashtirish hamda ijodiy va mehnat faolligini oshirishga qaratildi. Zomin tog‘larining betakror manzaralari, musaffo havo va tabiat qo‘ynidagi maroqli hordiq ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Professor-o‘qituvchilar ushbu tashabbus uchun universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, bunday tadbirlar mehnat samaradorligi va jamoadagi ijobiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab har hafta dam olish kunlari tashkil etilayotgan “Zominga sayohat” dam olish tadbirlari doirasida 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar maroqli hordiq chiqarib qaytdilar.


Ulashish:
1 826
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.