Majlisda Qo‘qon universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuritish, ilmiy unvonlar va nashrlar bo‘yicha takliflar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.





Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining tegishli buyrug‘i asosida Uzoqova Shahnoza Soibnazarovnaning Filologiya fakulteti dekani v.b lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Universitet jamoasi Shahnoza Soibnazarovnani ushbu mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar va samarali mehnat tilaydi.



