Jumladan, Qo‘qon universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, kafedralarda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish holati, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuritish tizimini takomillashtirish, ilmiy rejalar ijrosi va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Yig‘ilishda ta’lim sifatiga oid masalalar, ilmiy unvonlarga tavsiya etish, o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya qilish hamda moliyaviy samaradorlikni oshirishga doir takliflar ham ko‘rib chiqildi.









